Toshkentda 7 dekabr kuni Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor avtomobili final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Aksiya uch oydan ortiq davom etdi va Uklon Driver ilovasida buyurtmalar va maxsus topshiriqlarni bajargan haydovchilarni birlashtirdi.
Aksiya 20 avgustdan 20 noyabrgacha Uklon Driver ilovasida o‘tkazildi. Haydovchilar bajarilgan sayohatlar uchun “yulduzlar” olishdi — har bir yulduz avtomobil yutuqli o‘yinida ishtirok etish uchun bir imkoniyat taqdim etdi.
Yakuniy yutuqli o‘yin g‘olibi aksiya shartlarini bajargan va noyob raqamlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘rtasida onlayn randomayzer yordamida tasodifiy ravishda aniqlandi.
Yakuniy o‘yin qanday o‘tdi?
Aksiyada servisning dastur shartlarini bajargan va yakuniy o‘yinga qadar noyob raqamlarni olgan 10 mingdan ortiq haydovchilari ishtirok etdi.
Aksiya finali sharafiga Uklon servis haydovchilari va kompaniya vakillari ishtirokida yirik tadbir tashkil etdi. Uchrashuvga uch yuzdan ortiq ishtirokchilar jam bo‘ldilar, yutuqli o‘yin esa onlayn jonli efir orqali