Turli taqvimlar – turli yillar: dunyo mamlakatlari hozir qaysi yilda “yashayapti”?

Turli taqvimlar – turli yillar: dunyo mamlakatlari hozir qaysi yilda “yashayapti”?

Dunyoning ayrim burchaklarida odamlar Yangi yilni nishonlab bo‘lishdi va endi 2026 yilda yashayapti. Ammo hamma mamlakatlar ham faqatgina grigorian taqvimidan foydalanmaydi.

Bugun grigorian taqvimi dunyo mamlakatlarining aksariyatida asosiy taqvim hisoblanadi. 160 dan ortiq davlatda u yil hisoblashning yagona tizimi hisoblanadi.

Yaponiya faqat grigorian taqvimidan foydalanmaydi. Mamlakatda hozirgi imperator hukmronligi boshlangan sanadan ham yil sanog‘i yuritiladi. Imperator Naruxito 2019 yil 1 may kuni taxtga chiqqan. Demak, bugun Yaponiyada yettinchi yil.

Grigorian taqvimidan tashqari, dunyoda eng keng tarqalgan taqvimlardan biri — islomiy taqvim. Unda yil sanog‘i milodiy 622 yildan boshlanadi. Bu taqvim, masalan, Jazoir, Misr, Iroq va Yaman kabi mamlakatlarda qo‘llanadi. Hozir bu davlatlarda 1447 yil.

Xitoyda bir nechta taqvimdan foydalaniladi. An’anaviy sharqona (oy-quyosh) taqvimga ko‘ra, hozir u yerda Yashil Daraxt Ilon yili ostida 4722 yil ketmoqda. Bu yil 2026 yil yanvar oxirida almashadi.

Oy-quyosh taqvimi Isroilda ham ishlatiladi. Yahudiy taqvimiga ko‘ra, bugun 5786 yil.

Ayrim mamlakatlar quyosh taqvimlarining turli ko‘rinishlaridan foydalanadi. Masalan, Afg‘oniston va Eronda hozir 1404 yil, Bangladeshda esa 1432 yil.

BYD sotuvlar hajmi bo‘yicha Tesla’dan o‘zib ketdi

2025 yilda Xitoy giganti 2,25 millionta (+28%) elektromobil sotishga erishgan bir paytda, Ilon Maskning kompaniyasi 1,64 millionta (–9%) elektrokar sota oldi. Natijada BYD jahon elektromobil bozorida birinchi marta, bo‘lganda ham juda katta farq bilan Tesla’ni ortda qoldirdi.

Xitoyning BYD kompaniyasi birinchi marta AQShning Tesla brendini ortda qoldirib, elektromobillar sotuvi bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylandi.

BYD 1 yanvar kuni e’lon qilgan sarhisobga ko‘ra, kompaniya 2025 yilda elektrda harakatlanadigan avtomobillar sotuvini qariyb 28 foizga oshirib, 2 mln 250 mingtadan oshirishga erishgan.

2 yanvar kuni esa Tesla ham 2025 yilgi natijalari haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, Ilon Maskning kompaniyasi o‘tgan yili dunyo bo‘ylab 1,64 millionta elektromobil sotgan, bu – bir yil oldingidan qariyb 9 foizga kam.

Shu tariqa, Tesla’da sotuvlar hajmining pasayishi ketma-ket ikkinchi yilda ham davom etgan.

Yangi mahsulotlar mijozlar tomonidan birdek iliq qarshi olinmagani, Ilon Mask siyosiy faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchragani va Xitoydagi raqibi bilan qizg‘in raqobat kabi sharoitlar tufayli 2025 yil Tesla uchun og‘ir yil bo‘ldi.

4euTdjhnfyfOCsK8eG-9qy6RBp6-Hj5P
В Ташкенте состоялся финальный матч между пилотами компании «Уклон» на мотоциклах BYD Chazor.
В проекте стратегии «Узбекистан-2030» установлен ряд показателей, направленных на снижение потребления...
8
По меньшей мере 30 процентов городских территорий будут преобразованы в зеленые зоны.
В проекте стратегии «Узбекистан-2030» установлен ряд показателей, направленных на снижение потребления...
9
Разные календари – разные годы: в каком году «живут» сейчас страны мира?
В некоторых уголках мира люди уже отметили Новый год и сейчас живут в 2026 году. Однако не все страны...
1
NASA успешно запустила беспилотную миссию EscaPade на Марс
NASA Тяжелая ракета New Glenn частной компании Blue Origin вывела на орбиту два зонд EscaPade, которые...
4
Итоги года. 10 важных событий в узбекском футболе
2025 год оказался богатым на заметные события для узбекского футбола. То, что за один год произошли события,...
4
Yil yakunlari. O‘zbek futbolidagi 10 muhim voqea sport
2025 yil o‘zbek futboli uchun e’tiborli voqealarga boy bo‘ldi. So‘nggi o‘n yillik, yangi asr, umuman,...
1
NASA Marsga EscaPade pilotsiz missiyasini muvaffaqiyatli uchirdi.
NASA Blue Origin xususiy kompaniyasining New Glenn og‘ir raketaci Marsni o‘rganish bo‘yicha NASA missiyasi...
9
Turli taqvimlar – turli yillar: dunyo mamlakatlari hozir qaysi yilda “yashayapti”?
Turli taqvimlar – turli yillar: dunyo mamlakatlari hozir qaysi yilda “yashayapti”? Dunyoning ayrim burchaklarida...
8
Shaharlar hududining kamida 30 foizi yashil maydonlarga aylantiriladi
O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish orqali...
4euTdjhnfyfOCsK8eG-9qy6RBp6-Hj5P
Toshkentda Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tdi
Toshkentda 7 dekabr kuni Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor avtomobili final o‘yini bo‘lib o‘tdi....