O‘zbekiston–2030” strategiyasi loyihasida “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy qilish orqali nasos stansiyalarining elektr energiyasi iste’molini kamaytirish, shuningdek, respublikada ekologik vaziyatni tubdan yaxshilashga qaratilgan qator ko‘rsatkichlar belgilangan.
Loyihada nasos stansiyalarida energiya samaradorligini oshirish va elektr sarfini qisqartirish maqsadida eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan. Xususan, nasos stansiyalaridagi mavjud texnika parkini energiya tejamkor uskunalar bilan almashtirish orqali yillik elektr iste’molini sezilarli qisqartirish rejalashtirilgan.